← Barcha testlar

Kognitiv psixologiyaning yetkchi nazariyalari va ularning pedagogik ahamiyati

  1. Jean Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasida nechta asosiy rivojlanish bosqichi mavjud?

  2. Piaget nazariyasiga ko‘ra, bolaning bilimlarni faol ravishda qurishi qanday jarayonni anglatadi?

  3. Piaget nazariyasida yangi bilimlarni mavjud bilimlar tizimiga moslashtirish nima deyiladi?

  4. Piaget nazariyasida mavjud bilimlar tizimini yangi tajriba asosida qayta tashkil etish qanday ataladi?

  5. Piagetning qaysi bosqichida abstrakt fikrlash va gipotezalar bilan ishlash qobiliyati rivojlanadi?

  6. Jerome Bruner tomonidan ilgari surilgan “Discovery Learning” qanday ta’lim konsepsiyasidir?

  7. Bruner nazariyasida bilimlarni o‘zlashtirishning nechta reprezentatsiya shakli mavjud?

  8. Quyidagilardan qaysi biri Brunerning reprezentatsiya shakllariga kiradi?

  9. Bruner nazariyasida “enaktiv” reprezentatsiya nimani anglatadi?

  10. Brunerning “spiral o‘quv dasturi” g‘oyasining asosiy mazmuni nimadan iborat?

  11. David Ausubelning “Meaningful Learning” nazariyasi nimaga asoslanadi?

  12. Ausubel nazariyasida “Advance Organizer” nima?

  13. “Advance Organizer”ning asosiy vazifasi nima?

  14. Tizimli fikrlash mavzusini o‘qitishda “Tizim - Elementlar - Bog‘lanish -Yaxlitlik” sxemasidan foydalanish qaysi nazariyaga mos keladi?

  15. Robert Gagnéning nazariyasi asosan nimaga qaratilgan?

  16. Gagné modelida samarali dars jarayoni avvalo nimadan boshlanadi?

  17. Gagné ta’lim jarayonida nechta didaktik hodisani ajratgan?

  18. Qaysi olim “kashfiyot asosida o‘qitish” konsepsiyasini rivojlantirgan?

  19. Piaget, Bruner, Ausubel va Gagné nazariyalarining umumiy jihati nimada?

  20. Kognitiv nazariyalarni bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlashda qo‘llash qanday ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi?