I Tizimli fikrlashning nazariy-metodologik asoslariga hissa qo'shgan olimlar
Donella H. Meadows
(1941–2001)Tizimli fikrlashni keng ommaga tushunarli shaklda yetkazgan mashhur olimalardan biri. U murakkab tizimlarning tuzilishi, teskari aloqalar, chegaralar, tizim maqsadlari va tizimga ta’sir ko‘rsatish nuqtalarini tadqiq qilgan.
PDF
Peter M. Senge
1947– )Tizimli fikrlashni ta’lim, tashkilot va boshqaruv jarayonlari bilan bog‘lab rivojlantirgan olim. U tashkilotlarning rivojlanishida insonlarning fikrlash modeli va tizimni yaxlit anglash qobiliyati muhimligini ta’kidlagan
PDF
Russell L. Ackoff
(1919–2009)Tizimlar nazariyasi, tizimli fikrlash va boshqaruv fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olim. U murakkab muammolarni alohida qismlarga ajratibgina emas, balki butun tizim doirasida tushunish zarurligini ilgari surgan.
PDF
Peter Checkland
(1930–2025)Murakkab insoniy va ijtimoiy muammolarni tizimli o‘rganishga imkon beruvchi Soft Systems Methodology — “Yumshoq tizimlar metodologiyasi”ni ishlab chiqqan olim
PDF
Ludvig von Bertalanffy
(1901–1972)Umumiy tizimlar nazariyasining asoschilaridan biri. U biologik, ijtimoiy va boshqa murakkab hodisalarni faqat alohida qismlar orqali emas, balki ularning o‘zaro munosabatlari va yaxlitligi asosida tushuntirish zarurligini ta’kidlagan.
PDF
Jay W. Forrester
(1918–2016)Tizim dinamikasi nazariyasining asoschilaridan biri. U murakkab tizimlarning vaqt davomida qanday o‘zgarishini, ular tarkibidagi sabab-oqibat munosabatlari va teskari aloqalarni matematik modellashtirish orqali o‘rganishga katta hissa qo‘shgan.
PDFIII Kognitiv rivojlanish va bilimni shakllantirishga hissa qo‘shgan olimlar
Jerome S. Bruner
(1915–2016)Kognitiv psixologiya va ta’lim nazariyasining yirik vakili. U o‘quvchining bilimni tayyor holda qabul qilishi emas, balki uni faol izlanish va kashfiyot orqali egallashi muhimligini ta’kidlagan
PDF
. Jean Piaget
(1896–1980)kognitiv rivojlanish nazariyasining eng muhim namoyandalaridan biri. U inson tafakkuri rivojlanishida bilimni faol ravishda qayta ishlash, mavjud bilimlar bilan yangi tajribani bog‘lash va kognitiv tuzilmalarni rivojlantirish jarayonlariga katta e’tibor bergan.
PDF
Lev S. Vygotsky
(1896–1934)inson tafakkuri va bilimining rivojlanishida ijtimoiy muhit, til, muloqot va hamkorlikning rolini asoslab bergan olim.
PDF
David P. Ausubel
(1918–2008)Mazmunli o‘rganish nazariyasining asoschisi. Uning fikricha, yangi bilim insonning mavjud bilimlar tizimi bilan mazmunli tarzda bog‘langandagina chuqur va barqaror o‘zlashtiriladi
PDFV Fikrlash jarayonlarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan olimlar
Edward de Bono
(1933–2021)Ijodiy va lateral fikrlash nazariyasini rivojlantirgan olim. U muammoni faqat bitta mantiqiy yo‘l orqali emas, balki turli nuqtayi nazarlardan ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagan
PDF
Howard Gardner
(1943– )Ko‘p intellekt nazariyasining muallifi. U insonning intellektual imkoniyatlari faqat an’anaviy mantiqiy yoki lingvistik qobiliyat bilan chegaralanmasligini ta’kidlagan.
PDF