Topshiriq
Muammo: talabalarning mustaqil ta'lim topshiriqlarini muntazam bajarmasligi.
O'qituvchi topshiriqlar beradi, biroq ayrim talabalar ularni vaqtida bajarmaydi. Bajarilmagan topshiriqlar to'planadi, bilimdagi bo'shliqlar paydo bo'ladi, keyingi mavzuni o'zlashtirish qiyinlashadi. O'qituvchi nazoratni kuchaytiradi yoki qo'shimcha topshiriqlar beradi — biroq muammo takrorlanaveradi.
Guruhning vazifasi: ushbu holatni "talaba dangasa" yoki "mas'uliyatsiz" degan individual izoh bilan cheklamasdan, uni o'zaro bog'langan elementlar, teskari aloqalar, stok va oqimlar hamda vaqt davomida o'zgaruvchi munosabatlardan tashkil topgan tizim sifatida tahlil qiling.

Bajarish tartibi
1-bosqich. Tizimni aniqlash — muammoni bir jumlada ifodalang, tizimning asosiy elementlarini va chegarasini belgilang.
2-bosqich. O'zaro aloqalarni aniqlash — elementlar orasidagi sabab-oqibat aloqalarini strelkalar bilan chizing. "A B ga sabab bo'lsa, B ham A ga ta'sir qiladimi?"
3-bosqich. Stok va oqimlarni aniqlash — tizimda vaqt davomida to'planadigan narsalar (stok) va ularni o'zgartiruvchi jarayonlar (oqim).
4-bosqich. Teskari aloqa halqalarini aniqlash — kuchaytiruvchi va muvozanatlashtiruvchi halqalarni chizing va nomlang.
5-bosqich. Vaqt davomidagi xatti-harakat — muammoning 5 hafta davomida qanday rivojlanishini vaqt chizig'ida ko'rsating.
6-bosqich. Yashirin tuzilma va mental model — talaba va o'qituvchining mental modellarini, ko'rinib turgan xatti-harakat ortidagi tuzilmani aniqlang.
7-bosqich. Ta'sir nuqtasi (leverage point) — tizimni qaysi nuqtadan o'zgartirish eng samarali ekanini tanlang va asoslang.
Yakunida: barcha bosqichlarni yagona "tizim xaritasi"ga birlashtiring, har bir talaba refleksiv savollarga individual javob beradi.
Kerakli vositalar: A3 yoki A4 qog'oz, markerlar, stikerlar, rangli kartochkalar.

Mashq materiallari
Baholash mezonlari
| Tizimni to'g'ri aniqlash | 10 |
| Tizim elementlari va aloqalarini aniqlash | 15 |
| Stok va oqimlarni farqlash | 10 |
| Teskari aloqa halqalarini aniqlash | 15 |
| Vaqt davomida tizim xatti-harakatini tahlil qilish | 10 |
| Yashirin tuzilma va mental modelni aniqlash | 15 |
| Ta'sir nuqtasini asoslash | 15 |
| Yakuniy tizim modelining mantiqiyligi | 5 |
| Refleksiya | 5 |
| Jami | 100 |